Nyutonning birinchi qonuni. Nyutonning birinchi qonuni quyidagicha ta’riflanadi: har qanday jism, boshqa jismlar ta’siri boshlang’ich holatini o’zgartirishga majbur etmaguncha, o’zining tinch yoki to’g’ri chiziqli tekis harakati holatini saqlaydi.
Elektr energiya boshqa tur energiyalardan rad qilib bo'lmaydigan uchta afzallikka ega. Birinchidan, uni boshqa turdagi energiyaga osongina aylantirish mumkin (elektrodvigatel, issiqlik qurilmalari. elektr yoritgich va boshqalar). Ikkinchidan...
Zamonaviy elektrostansiyalar induksion generatorlar yordamida boshqa turdagi energiyalar elektr energiyaga aylantiriladigan ulkan korxonalardir. Amaldagi elektrostansiyalarning asosiy turlarini qarab chiqamiz.
1. Qanday yorug’lik manbalari bo’ladi? Shunday jismlar ham borki, atrofimiz yorug’ yoki qorong’i bo’lishidan qat’i nazar ular bizga ko’rinadi. Chunki ularning o’zlari yorug’lik chiqaradi. Bunday jismlar yorug’lik manbalari deb ataladi.
O`zgaruvchan tokning chastotasini o`zgartirmasdan kuchlanishni bir qiymatdan ikkinchi qiymatga o`zgartirib beruvchi asboblar transformatorlar deb ataladi.
Xonadon elektr zanjirining tarmoqqa ulanishi
Elektr simyog’ochlarda eng kami bilan ikkita sim bo’lishi mumkin. Bu simlardan biri neytraldir. Neytral sim ayrim simyog’ochlar orqali yerga ulangan bo’ladi.
Simyog’och simlarining eng pastdagisi neytral bo’ladi.