Главная » 2017 » Aprel » 12 » Elektr energiyani uzatish
00:31
Elektr energiyani uzatish

   Elektr energiya boshqa tur energiyalardan rad qilib bo'lmaydigan uchta afzallikka ega. Birinchidan, uni boshqa turdagi energiyaga osongina aylantirish mumkin (elektrodvigatel, issiqlik qurilmalari. elektr yoritgich va boshqalar). Ikkinchidan, bu ekologik toza energiya turi bo'lib, uni boshqa tur energiyaga aylantirganda atrof-muhit ifloslanmaydi. Uchinchidan, elektr energiyani kichik va katta masofalarga uzatish juda oson. Elektr energiyani kichik masofalarga uzatish osonligini kundalik tajribadan ko'rish mumkin: ikkita sim bilan elektr energiyani xonadondagi istagan asbobga ulash mumkin. Elektr energiyani katta masofalarga uzatishda paydo bo'ladigan qiyinchiliklarni hisobga olishga to'g'ri keladi. Bu qiyinchiliklarning xususiyati bilan quyidagi masalani yechish orqali tanishish mumkin.
   1. Kuchaytiruvchi yordamchi stansiya (podstansiya). Elektr energiyani katta masofalarga uzatishda elektr toki o'tayotgan simlarning qizishini hisobga olish kerak.
Tokning simlarni qizdirishga sarflanadigan quvvatini hisoblaymiz. Quvvatning ta'rifiga ko'ra P=A/t. Biroq, Joul-Lens qonuniga ko'ra A= Q= I2Rt. Shuning uchun

   Bu formuladan ko'rinadiki, elektr uzatish tarmog'idagi energiya isrofini kamaytirish uchun:
   a) tok kuchini kamaytirish; b) tarmoqning qarshiligini kamaytirish zarur.
  Tarmoqning qarshiligini kamaytirish uchun solishtirma qarshiligi kichik bo’lgan materialdan (odatda mis yoki alyuminiydan) tayyorlangan уо’g’оn (ko’ndalang kesimi katta bo’lgan) simlar, ishlatiladi.
   Tok kuchini kamaytirish uchun uning kuchlanishi orttiriladi - transformatsiyalanadi. Buning uchun elektrostansiya hududida yuksaltiruvchi transformatorlar o'rnatiladi. Ular generatorlar beradigan kuchlanishni (odatda taxminan 20 000V) elektr uzatish tarmog’ining uzunligiga bog'liq holda 500 000 V, 750 000 V va, hatto, 1 150 000 V kuchlanishgacha orttirib beradi. Kuchlanishni 20 000 V dan 500 000 V gacha, ya'ni 25 marta orttirib, tarmoqdagi isrofni 252=625 marta kamaytirish mumkin! Kuchlanish 40 marta orttirilganda esa isrof 1600 marta kamaytiriladi! Nihoyat, kuchlanishni 1 150 000 V gacha orttirish elektr uzatish tarmoqlari simlarining qizishida isrof bo'ladigan energiyani deyarli 3600 marta kamaytiradi!
   2. Elektr uzatish tarmoqlari. Elektr energiyani elektrostansiyalardan iste'mol qilinadigan joylarga uzatuvchi tarmoqlar elektr uzatish tarmoqlari deyiladi.
   Elektr energiyani uzoq masofalarga uzatish uchun mo'ljallangan elektr uzatish tarmog'i to'rt asosiy qismga ega:
tok eltuvchi simlar (1) likopsimon izolyatorlar (2) orqali tayanchlar (3) ga osiladi. Tayanchda momaqaldiroqdan himoya qiluvchi simlar va yashinqaytargich ham o'rnatilgan bo'ladi.
Momaqaldiroqdan himoya qiluvchi simlar yashinqaytargich vazifasini ham bajaradi va elektr uzatish tarmog'ini bevosita yashinlardan himoya qiladi.

   3. Pasaytiruvchi yordamchi stansiya (podstansiya)lar. Elektr uzatish tarmoqlari orqali uzatilgan elektr energiya juda katta kuchlanishga ega bo'lgani uchun undan iste'molchilar bevosita foydalana olmaydi. Shuning uchun iste'mol qilinadigan joyda uning kuchlanishi pasaytiriladi.
   Kuchlanishni pasaytirish bir necha bosqichda bajariladi. Elektr uzatish tarmog’ining oxiriga o'rnatilgan pasaytiruvchi transformatorlar kuchlanishni 35-6 kV gacha pasaytiradi. Shundan so'ng energiya iste'mol qilinadigan joyga uzatiladi.
  Iste’molchilar kata kuchlanishni transformatorlar yordamida mo’ljallangan kuchlanishgacha pasaytiradi. Odatda, xonadonlarga taqsimlangan elektr tokining kuchlanishi 220 V bo’ladi.

 

 

Manba: Fizika 7-sinf o'quv qo'llanmasi
Ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, 2002

Bo'lim: Fizika | Ko'rilgan: 4002 | Joyladi: akmalbayzakov | Reyting: 0.0/0

O'xshash maqolalar

Barcha izohlar: 0
Имя *:
Email *:
Код *:

Ushbu sayt ucoz.ru tizimida yaratilgan.