Elektr maydon elektronlarning xaotik harakatiga tartibli harakat qo'shadi. Natijada ular manbaning manfiy qutbidan musbat qutbiga qarab harakat qiladi.
Luminessensiya (люминесценция). Luminessensiya so‘zi lotincha luminisessent – yorug‘likning kuchsiz ta’siri ma’nosini anglatadi. Luminessensiya deb, ba’zi moddalarning yorug‘lik ta’sirida o‘ziga xos bo‘lgan nurlanish chiqarishiga aytiladi.
Infraqizil nurlar. Infraqizil nurlar elektromagnit to‘lqinlar shkalasida radioto‘lqinlar va ko‘zga ko‘rinuvchi qizil yorug‘lik o‘rtasida joylashgan. Uning to‘lqin uzunligi 2 mm dan 760 nm gacha oraliqda bo‘ladi. Bu nurlarning chastotasi qizil nurnikidan kichikroq bo‘lgani uchun infraqizil, ya’ni qizildan pastroq chastotali deb nomlangan.
Yorug‘lik manbalari. Yorug‘lik manbalari deganda, istalgan turdagi energiyani yorug‘lik energiyasiga aylantiruvchi, ya’ni yorug‘lik chiqaruvchi moddalar nazarda tutiladi. Ular tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin.