Главная » 2017 » Aprel » 12 » Klaviaturadagi tezkor tugmalar (горячие клавиши) nima?
23:57
Klaviaturadagi tezkor tugmalar (горячие клавиши) nima?

Ma’lumki Windows operatsion tizimi ko’plab tezkor tugmalarni o’z ichiga oladi. Hozirda eng ko’p tarqalgan operatsion tizimlardan biri Windows 7 hisoblanadi. Shu sababli ushbu operatsion tizim tezkor tugmalari haqida ma’lumot berishga qaror qildim. Birinchi navbatda “tezkor tugmalar” o’zi nima ekanligiga to’xtalib o’tsam.
Tezkor tugmalar deyilganda, klaviaturadagi bir va undan ortiq tugmalarni birgalikda bosish va shu orqali ma’lum vazifalarni tezkorlik bilan bajarish tushuniladi. Tezkor tugmalarni bilish klaviatura imkoniyatlaridan to’liq foydalangan holda  ma’lum vazifalarni sichqonchasiz amalga oshirish imkonini va insonning kompyuterda ishlash tezligini oshirib, biz uchun qimmat hisoblangan vaqtdan yutishimizga yordam beradi.
Tezkor tugmalarni shartli ravishda ikkiga bo’lish mumkin:
Faol oynada bo’lgan ma’lum bir dastur uchun xizmat qiladigan tezkor tugmalar.
Qaysi dastur faol oynada bo’lishidan qat’iy nazar operatsion tizim uchun xizmat qiladigan tezkor tugmalar.

Windows 7 operatsion tizimi tezkor tugmalari
Win + B – Sichqoncha kursorini treyga o’tkazish
Win + D – Ish stoliga (рабочий стол) o’tish
Win + Е – Mening kompyterim (мой компьютер) oynasini ochish
Win + F – Qidiruv oynasini ochish
Win + L – Kompyuterni bloklash
Win + M – Barcha oynalarni masalalar paneliga tushirish
Win + P – Proektor bilan ishlash oynasini ochish
Win + R – “Bajarish” (выполнить) oynasini chaqirish
Win + U – “Maxsus imkoniyatlar” oynasini ochish
Win + Tab - Flip 3D funksiyasi
Win + Probel – Ish stolini ko’rish (Aero Peak, barcha ochiq oynalarni shaffof ko’rinishga keltirish).
Win + Strelka – Faol oynani ekranda joylashtirish (yuqori strelka – oynani to’liq holda ochish, pastki strelka - oynani to’liq bo’lmagan holda ochish, o’ng strelka – oynani ekranning o’ng qismiga joylashtirish, chap strelka – oynani ekranning chap qismiga joylashtirish)
Win + Pause – Tizim xususiyati (свойства системы)
Win + Home – Faol oynadan tashqari barcha oynalarni masalalar paneliga tushirish
Win + + – Ekran  lupasini chaqirish
Аlt + Tab – Oynalarni almashtirish
Shift + Ctrl + N – Yangi papka yaratish
Аlt + F4 – Faol oynani yopish
Printscreen – Ekrandan skrinshot olish
F1 – Ma’lumot
F2 – Fayl yoki papkani qayta nomlash
F5 – Oynani yangilash

Fayl yoki papkalar bilan ishlashda tezkor tugmalar
Сtrl + С – Nusxa olish
Ctrl + A – Hammasini belgilash
Сtrl + Х – Kesib olish
Сtrl + V – Nusxa olingan yoki kesib olinganlarni qo’yish
Сtrl + Z – Ohirgi harakatni bekor qilish
Ctrl + Y – Oldinga, bajarilganlarni takrorlash
Сtrl + B – Matndagi shriftni qalinroq qilish
Delete – Belgilanganlarni o’chirish
Shift + Delete – Savatga (корзина) tushirmasdan o’chirish
F3 – Matn orasida qidiruv

 

 

Bo'lim: Kompyuterga oid ma'lumotlar | Ko'rilgan: 14172 | Joyladi: akmalbayzakov | Teglar: tezkor tugma, Windows, klaviatura | Reyting: 0.0/0

O'xshash maqolalar

Barcha izohlar: 0
Имя *:
Email *:
Код *:

Ushbu sayt ucoz.ru tizimida yaratilgan.