ELEKTR TOKI
Zaryadlangan zarrachalarning tartibli harakati elektr toki deyiladi. Elektr toki oqib o’tishi uchun muhim shartlardan biri berk zanjir hisoblanadi.
Vaqt o’tishi bilan qiymati va yo’nalishi o’zgarmaydigan elektr toki o’zgarmas tok deyiladi.
Tok kuchi va yo’nalishi vaqt o’tishi bilan o’zgaradigan elektr toki o’zgaruvchan tok deb ataladi.
Elektr toki kuchi o’lchov birligi – amper (A), belgilanishi – I.
1 amper (A) = 1000 milliamper (mA) = 1000000 mikroamper (mkA)
1 milliamper (mA) = 0,001 amper (A)
1 mikroamper (mkA) = 0,000001 amper (A)
Inson o’z tanasi orqali o’tgan 0,005 A tok kuchini seza boshlaydi. 0,05 A yuqori bo’lgan tok kuchi inson organizmi uchun xavflidir.
ELEKTR KUCHLANISH
Elektr kuchlanish deb – elektr maydonning ikki nuqtasi orasidagi potensillar ayirmasiga aytiladi.
Elektr kuchlanish o’lchov birligi – volt (V), belgilanishi – U.
1 volt (V) = 0.001kilovolt (kV) = 1000 millivolt (mV)
ELEKTR QARSHILIK
Elektr qarshilik deganda - zanjirda oqib o’tayotgan tokning o'tishiga qarshilik
qilish xossasi tushuniladi.
Qarshilik o’lchov birligi – om, belgilanishi – R.
1 Om = 0,001 kiloom (kOm) = 0,000001 megaom (MOm)
CHASTOTA (tebranish)
Tebranish chastotasi deb, vaqt birligi (1 sekund) ichida tokning to’la tebranishlar sonini ko’rsatuvchi kattalikka aytiladi.
O’lchov birligi – gers (Hz), belgilanishi f.
ELEKTR QUVVATI
Elektr tokining ma’lum bir vaqt oralig’ida bajargan ishi elektr toki quvvati deyiladi.
Elektr quvvati o’lchov birligi – vatt (Vt), belgilanishi – W.
Elektr quvvatini topish formulasi: W = I * U
ZANJIRNING BIR QISMI UCHUN OM QONUNI
Zanjirdagi tok kuchi kuchlanishga to’g’ri proporsional, qarshilikka teskari proporsionaldir.
Om qonuni formulasi: I = U / R
|