Eng oddiy elektr zanjir ham bir necha asbob va qurilmalardan iborat bo’ladi. Quyida tok manbai, kalit, ampermetr, lampa va reostatdan iborat bo’lgan elektr zanjir tasvirlangan. Manbadan chiqqan elektr toki kalit, ampermetr, lampa va reostat orqali о'tadi. Asboblarning bunday ulanishi ketma-ket ulash deyiladi.