Главная » 2017 » May » 13 » Xiaomi smartfonlarining xaqiqiyligini tekshirish
22:56
Xiaomi smartfonlarining xaqiqiyligini tekshirish

Sir emaski, yildan yilga Xiaomi kompaniyasining mahsulotlariga bo’lgan talab ortib bormoqda. Kompaniyaning bir-biridan kuchli, raqobatdosh smartfonlarlari uni mashxur brendlar sirasiga kirishiga sabab bo’ldi. Shu bilan bir qatorda smartfonlar bozorida Xiaomi telefonlarining qalbaki ko’rinishlari ham talaygina uchramoqda. Bu albatta, kompaniya obro’siga putur yetkazmasdan qolmaydi. Buning oldini olish uchun Xiaomi kompaniyasi o’zining rasmiy dasturini taqdim etgan. Dastur orqali smartfonni xaqiqiy yoki qalbaki ekanligini osongina tekshirish mumkin.

     Dasturni ko'chirib olish

1. Birinchi navbatda dasturni ko’chirib olib, uni o’rnatamiz.

2. Dasturni ishga tushirib, eng quyi qismdagi «НАЧАТЬ ПРОВЕРКУ» buyrug’ini bosamiz. QR-kodni skaner qiluvchi oyna hosil bo’ladi.

3. Endi kompyuter brauzeridan https://jd.mi.com/ manziliga o’tish lozim va u yerda ko’rsatilgan QR-kodni dastur yordamida skanerdan o’tkazamiz.

4. Dastur avtomatik ravishda smartfonni tekshirishni boshlaydi. Tekshirish tugatilgach smartfon ekranida va brauzer sahifasida smartfonning xaqiqiy yoki qalbaki ekanligi to’g’risida ma’lumot paydo bo’ladi.

Agarda, smartfon ekranida tekshiruv tugaganligi haqidagi yozuv yashil fonda hosil bo’lsa, bilingki hammasi joyida. Smartfoningiz haqiqiy. Aks xolda yozuvlar qizil fonda hosil bo’ladi.
Hammaga yashil rang chiqishini tilab qolaman!

 

Bo'lim: Android | Ko'rilgan: 1439 | Joyladi: akmalbayzakov | Teglar: android, qr-kod, Xiaomi | Reyting: 0.0/0

O'xshash maqolalar

Barcha izohlar: 0
Имя *:
Email *:
Код *:

Ushbu sayt ucoz.ru tizimida yaratilgan.