Главная » 2018 » Aprel » 6 » AnTuTu nima?
13:03
AnTuTu nima?

Ma’lumki, smartfonlar va planshetlar ishlash tezligi va ish unumdorligiga ta’sir etuvchi ko’plab tarkibiy qismlardan tashkil topgan. Hozirda ushbu qurilmalarning asosiy texnik xususiyatlarini tahlil qilish va ularni boshqa modeldagi smartfon va planshetlar bilan solishtirish uchun ko’plab dasturlar mavjud. Ana shunday dasturlardan biri bu – AnTuTu Benchmark.
Ushbu dastur bugungi kundagi eng mashhur solishtirma-test dastur bo’lib, undan 100 milliondan ortiq foydalanuvchi foydalanadi. 
AnTuTu dasturi – bu smartfon yoki planshetlarning ishlash tezligini belgilovchi parametrlar, ya’ni, foydalanishdagi qulaylik, protsessor kuchi, tezkor xotira va grafik protsessor ish unumdorligini testdan o’tkazib, sinash uchun mo’ljallangan to’liq tizim. Sinov jarayonida AnTuTu dasturi foydalanish davridagi eng qiyin xolatlarni imitatsiya qilish orqali qurilmaga maksimal yuklama beradi. Berilgan  yuklama bir vaqtning o’zida bir necha ilovalar va grafik jihatdan murakkab o’yinlarni ishga tushirgandagi yuklamaga nisbatan ham kattaroqdir. Shu sababli, bunday sinov davrida qurilma bor imkoniyatlar chegarasida ishlaydi va o’z imkoniyatining haqiqiy darajasini ko'rsatadi.


Sinov natijalari ballar hisobida ko'rsatiladi. Ball qanchalik yuqori bo'lsa - qurilmaning ish samaradorligi va uning umumiy reytingidagi mavqei shunchalik yuqori hisoblanadi.
Shu bilan bir qatorda, yakuniy ballar orqali TOP reytingdagi boshqa smartfonlar bilan taqqoslash imkoniyatini ham mavjud.
Shunday qilib, AnTuTu Benchmark sinov dasturi orqali Siz shaxsiy yoki sotib olishni rejalashtirayotgan qurilmalaringiz imkoniyatlari haqida aniqroq tasavvur va xulosalarga ega bo’lasiz.

Agar AnTuTu Benchmark dasturi haqida tushunchaga ega bo’lib hamda o’z qurilmangiz imkoniyatlarini sinovdan o’tkazish istagi paydo bo’lgan bo’lsa, marhamat, quyidagi havola orqali dasturni Play Market do’konidan yuklab olishingiz mumkin. 
AnTuTu Benchmark.apk

 

Bo'lim: Android | Ko'rilgan: 1245 | Joyladi: akmalbayzakov | Teglar: test, android | Reyting: 0.0/0

O'xshash maqolalar

Barcha izohlar: 1
1 Baxrom  
0
eee endi tushundim.. raxmat adminga..

Имя *:
Email *:
Код *:

Ushbu sayt ucoz.ru tizimida yaratilgan.