Главная » 2017 » Avgust » 30 » Telegram dasturini ruscha talqinga o’tkazish
12:21
Telegram dasturini ruscha talqinga o’tkazish

Ma’lumki, hozirgi kunda Telegram dunyo bo’yicha eng ommabop messenjerlardan biri hisoblanib, turli platformalarda ishlashi va murakkab shifrlash tizimi sababli ommalashib bormoqda. Ushbu messenjer interfeysi qulay va sodda bo’lishiga qaramasdan, uning til sozlamasi standart xolatda ingliz tilida bo’lganligi va ruscha talqini mavjud emasligi sabab ba’zi foydalanuvchilarda biroz noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin.

Ushbu maqolada Android tizimida ishlovchi har qanday qurilmada Telegram messenjeri interfeysini ruscha talqinga o’tkazishni ko’rib chiqamiz.

Birinchi navbatda, Telegram dasturiga kirib @telerobot so’zini yozgan holda qidiruvni amalga oshiramiz. Qidiruv natijasiga ko’ra “Робот Антон” maxsus botini tanlaymiz.

Maxsus bot bilan dialog oynasida “START” buyrug’ini tanlaymiz. So’ng “Робот Антон” boti bizlarga operatsion tizimni tanlash buyrug’ini beradi. Smartfon operatsion tizimiga qarab Android yoki iOS dan birini tanlaymiz. Bizning misolda bu – Android operatsion tizimi.

Operatsion tizim tanlangandan so’ng, kerakli til sozlamasini, ya’ni, “Русский” buyrug’ini tanlaymiz. Shundan so’ng bot “Russian.xml” faylini va uni o’rnatish bo’yicha qisqa yo’riqnomani taqdim qiladi.

Avval “Russian.xml” faylini yuklab olamiz. Fayl yuklangandan so’ng chap yuqori burchakda joylashgan uch nuqtani bosgan holda “Apply localization file” buyrug’ini tanlaymiz va rus tili sozlamasini o’rnatamiz.

Telegram messenjerini ruscha talqinga o’tkazish bo’yicha butun jarayon mana shundan iborat. Guvoh bo’lganingizdek, bu juda ham murakkab ish emas. Marhamat, Telegram dasturini ruscha talqinga o’tkazing, yaqin inson va do’stlaringiz bilan muloqot qilishdan zavqlaning.

 

Bo'lim: Android | Ko'rilgan: 1072 | Joyladi: akmalbayzakov | Teglar: Telegram, android, ruscha telegram | Reyting: 0.0/0

O'xshash maqolalar

Barcha izohlar: 0
Имя *:
Email *:
Код *:

Ushbu sayt ucoz.ru tizimida yaratilgan.