Главная » 2017 » May » 13 » MIUI nima?
00:17
MIUI nima?

Mobile Internet User Interface (MIUI – Mi Yu Ay) - smartfon va planshetlar uchun Android operatsion tizimida ishlovchi maxsus dasturiy ta’minot (proshivka). Xitoyning Xiaomi kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, xozirgi kunda shiddat bilan rivojlanib bormoqda.
MIUI dasturiy ta’minoti Android operatsion tizimi asosida yaratilganiga qaramay, dastur interfeysi kuchli o’zgartirilgan, Android  va iOS operatsion tizimlarining eng yaxshi jihatlarini o’zida mujassamlagan.
Operatsion tizim (Android) va dasturiy ta’minot (MIUI proshivkasi) orasidagi farq tushunarliroq bo’lishi uchun fikrimizni soddalashtiramiz. Tasavvur qiling, Android operatsion tizimi bu – transport vositasi, ya’ni, avtomashina. U barcha zarur qurilmalarga ega: motor, boshqaruv ruli, avtoshina va xokazo. MIUI esa transport vositasing markasi: Spark, Nexia, Lacetti…
Bundan kelib chiqadiki, Android operatsion tizimi barcha funksiyalrni belgilab beradi, dasturiy ta’minot, ya’ni, proshivka interfeysi ishlab chiqaruvchiga bog’liq.

MIUI dasturiy ta’minotidagi eng birinchi smartfon bu Xiaomi Mi-One. U Androidning 2.3.5 versiyasiga asoslangan bo’lib, Google dasturiy ta’minotida mavjud bo’lmagan funksiylarga ham ega.
Hozirgi kunda MIUI dasturiy ta’minotining eng so’nggi versiyasi MIUI8 hisoblanadi. Xiaomi kompaniyasining rasmiy ma’lumotiga asosan MIUI9 ning taqdim etilishi 2017 yilning ikkinchi yarmiga rejalashtirilgan.

 

$MYINF_1$

Bo'lim: Android | Ko'rilgan: 1321 | Joyladi: akmalbayzakov | Teglar: android, Xiaomi, miui | Reyting: 0.0/0

O'xshash maqolalar

Barcha izohlar: 0
Имя *:
Email *:
Код *:

Ushbu sayt ucoz.ru tizimida yaratilgan.