23:36 ETC Congo boshqaruv pulti | |
ETC kompaniyasining Congo boshqaruv pulti barcha turdagi yoritish uskunalarini o’ziga xos boshqarish uslubi, sodda va boy funksiyalari bilan oson boshqarish imkonini taqdim etadi. Tasvirga olish jarayonlaridan oldin yoritish jarayonlarini bajarish, ko’p miqdordagi avtomatlashtirilgan, svetodiodli yoritish uskunalarini va boshqa media tehnologiyalarni boshqarish uchun kompyuter menyusi yoki sichqoncha talab etilmaydi. Congo pulti har qanday buyruqni zudlik bilan bajarish uchun to’gridan to’g’ri tanlash Direct Select tugmalari bilan jihozlangan hamda uch mingdan ortiq alohida kanallarga umumiy hisobda 6144 ta uskunani ulash mumkin. ETC Congo boshqaruv pultidan telestudiyalarda, teatrlarda, san’at markazlarida juda keng foydalaniladi. Oldindan programmalashtirilgan sahna chiqishlari, ko’rsatuvlar, jonli efirlarda yorug’likni boshqarish uchun CONGO barcha zarur imkoniyatlarni o’zida mujassam etgan. Texnik tavsiflari: | |
Bo'lim: Sohaga oid ma'lumotlar | Ko'rilgan: 984 | | | |
O'xshash maqolalar
Barcha izohlar: 0 | |