ARRI LoCaster 2 Plus – Caster seriyasi tarkibiga kiruvchi svetodiodli yoritish uskunasi.
LoCaster 2 Plus yorug’likni tez-tez o’zgartirish talab etiladigan jarayonlar yoki tasvirga tushirish uchun o’rnatilgan yorug’likka qulay tarzda moslashtirish imkonini beruvchi ixcham, portativ qurilma. Og’irligi 960 gr.ni tashkil etadi.
Yoritish uskunasining orqa tarafida manbaga ulash uchun DMX 4-pin, yorug’lik kuchi, rang harorati, rang tuslari va elektr manbasini ulash-uzish tugmachalari o’rnatilgan.
Bulardan tashqari turli filtrlarni o’rnatish va tarqalayotgan yorug’lik oqimini to’suvchi qurilmalar bilan ham jihozlangan.
Texnik xususiyatlari:
Ishlab chiqaruvchi: ARRI
Yoritish uskunasi turi: yoyib beruvchi
Yorug’lik manbasi: LED
Svetodiodning ish davri (soat): 50000
Yorug’lik tarqalish burchagi: 63°
Optik tizim: prizmatik linza
Rang harorati: 2800K - 6500K
Sozlash aniqligi: +/- 100K
Rang tusini boshqarish: +/-green
Rang tiniqligi (CRI): > 94
Yorug’lik kuchini boshqarish: 0-100%
Iste’mol manbasi: o’zgaruvchan 100-240V, 50-60Ghz;
Batareya orqali kuchlanish: 11-36V, o’zgarmas
Himoya sinfi: IP 20
Foydalanish harorati: -20 °C dan +35 °C gacha
Uskuna rangi: qora
Umumiy quvvati: 35W
Og'irligi (gr): 960
O’lchamlari (mm): 70 x 96 x 218
|