Главная » 2017 » May » 26 » ARRI L-series
16:11
ARRI L-series

Arri kompaniyasining L-seriyasi – Frenel linzaning optik tavsiflarini to’liq takrorlovchi birinchi LED yoritish uskunalari xisoblanadi. Keng fokuslash diapazoni ega bo’lib, bir nuqtaga yig’ilgan yoki keng yoyilgan holatlarda ham tekis taqsimlangan yorug’lik maydoniga ega. L-seriyasidagi yoritish uskunalarida LED texnologiyasining barcha imkoniyatlaridan to’liq foydalanilib, yorug’lik rangi va kuchi ustidan to’liq nazoratni o’rnatish imkoniyatini taqdim etadi. Chiqayotgan yorug’lik televizion va raqamli kameralar orqali olingan tasvirlarda ranglar aniq chiqishi uchun maxsus tarzda sozlangan. Ushbu seriyadagi yoritish uskunalari ishonchli va qulay bo’lib, ARRI tomonidan sinalgan barcha sifat standartlariga to’liq mos keladi.

L-seriyasini ishlab chiqishda bir nechta omillar asosiy o’rinni egallaydi: qulay boshqaruv, rang uzatish aniqligi, yuqori sifat va foydalanishdagi oddiylik. Uskunalarda o’rnatilgan uchta qulay tugmacha yordamida yorug’lik kuchi, rang harorati va yashil-binafsha tuslar boshqarilsa, yon tomonda yorug’lik tarqalish burchagini o’zgartiruvchi fokuslash dastasi (ручка фокуса) o’rnatilgan.

ARRI L-seriyasi tarkibida uncha katta bo’lmagan maydonlar va reportajlar uchun (L5), studiya va teatr sohalari uchun (L7) mo’ljallangan yoritish uskunlari mavjud. 2015 yildan ushbu seriya tarkibiga kuchli svetodiodga ega, katta maydon va kino- va telemahsulotlar tayyorlash uchun mo’ljallangan Frenel linzali Arri L10 yoritish uskunasi qo’shildi.

ARRI L-seriyasi tarkibiga kiruvchi yoritish uskunalari quvvatiga ko’ra uchga bo’linadi:
ARRI L5 (115W)
ARRI L7 (220W)
ARRI L10 (510W)
Yoritish uskunalarining nomlanishdagi keyingi TT, DT va C qisqartmalari:
TT - Tungsten Tunable — issiq haroratli (2 600 К - 3 600 К)
DT - Daylight Tunable — sovuq haroratli (5000 К - 6 500 К)
C - Color Controllable — aralash haroratli (2 800 К - 10 000 К)

Bo'lim: Sohaga oid ma'lumotlar | Ko'rilgan: 1013 | Joyladi: akmalbayzakov | Teglar: frenel linza, yoritish uskunasi, arri, LED | Reyting: 0.0/0

O'xshash maqolalar

Barcha izohlar: 0
Имя *:
Email *:
Код *:

Ushbu sayt ucoz.ru tizimida yaratilgan.