00:09 Svetodiodli lampalarni quvvati bo’yicha tanlash | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Assalomu alaykum, hurmatli foydalanuvchi! Elektr energiyasi sarfini kamaytirish, ulardan oqilona foydalanish va uni iqtisod qilish hozirgi kundagi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Sir emaski, oddiy cho’g’lanma va lyuminestsent (люминесцент) lampalar o’rnini asta sekinlik bilan svetodiodli lampalar egallamoqda. Svetodiodli lampalarning boshqa turdagi lampalardan bir qancha ustun jihatlari mavjud. Bularga energiya tejamkorlik, uzoq muddatli ishlash davri va tarkibida zararli moddalarning yo’qligini (masalan, simob) keltirish mumkin. Hozirgi kunda do’konlarda turli xil ko’rinish va turlicha parametrga ega svetodiodli lampalar juda ham ko’p. Ba’zida tanlash imkoniyati juda ko’p bo’lsa, qaysi bir mahsulotni tanlashni bilmay qolamiz. Shu o’rinda savol tug’iladi: 100 vatt quvvatga ega oddiy cho’g’lanma lampani qanday quvvatli svetodiodli lampaga almashtirish to’g’ri bo’ladi? Qanday quvvatdagi lampa bitta xona uchun yetarli? Xozir shu haqida biroz ma’lumot berib o’tmoqchiman. Yorug’lik oqimi Yorug’lik oqimi – lampaning barcha taraflariga tarqalayotgan yorug’likning miqdori va kuchini belgilovchi kattalik. O’lchov birligi lyumen (lm). Svetodiodli lampalarning eng katta afzallik jihatlaridan biri elektr energiyasini kam iste’mol qilishiga qaramasdan katta yorug’lik oqimiga egaligidir. Ushbu tipdagi lampalarni xarid qilishda cho’g’lanma lampalar kabi quvvatdan kelib chiqqan xolda xulosa qilish biroz noto’gri. Chunki, quvvat yorug’lik oqimining ko’rsatkichi emas, balki, iste’mol qilinadigan energiya miqdorini xarakterlaydi. Quyida uch turdagi lampalarning quvvati bo’yicha qanday yo’rug’lik oqimiga ega ekanligi haqida solishtirma jadval keltirilgan.
Bu ko’rsatkichlarni umumlashtirgan holda quyidagi jadvalni tuzish mumkin:
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, svetodiodli lampalar oddiy cho’g’lanma lampalarga nisbatan 7-8 marta, lyuminestsent lampalarga nisbatan 2 barobar energiya tejamkordir. Yana shunday vaziyatni ham inobatga olish kerakki, lampaning rang harorati qanchalik yuqori bo’lsa, uning yorug’lik oqimi va yorqinligi shuncha yuqori bo’ladi. O’ylaymanki, maqola Sizga manzur keldi. Maqolada xato va kamchiliklarni uchratgan bo’lsangiz, izoh qoldirishingizni so’rayman. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Bo'lim: Tehnologiyalar | Ko'rilgan: 1718 | | |
O'xshash maqolalar
Barcha izohlar: 0 | |