Главная » 2017 » Aprel » 12 » Internet trafikni tejash va uni nazorat qilish
00:55
Internet trafikni tejash va uni nazorat qilish

Mobil qurilmalarda qanday qilib internet trafikni nazorat qilsa bo‘ladi?

Android tizimi standart holatda dasturlarning tarmoqqa ulanishini tartibga soluvchi sozlamaga ega emas. Ushbu tizimda ishlovchi mobil dasturlarning katta qismi dasturni o‘rnatish vaqtida internet tarmog‘iga ulanish uchun ruxsat talab qiladi. Masalan, Telegram, Whatsapp, Shazam, UC Browser va hokazo. Mantiqiy jihatdan ushbu dasturlar uchun internetga ulanish asosiy shartlardan biri. Lekin, shunday dasturlar ham borki, ularning to‘laqonli ishlashi uchun internet tarmog‘iga ulanish zarur bo‘lmasa-da, ulardan foydalanuvchiga noqulaylik keltiruvchi reklama, e’lonlarni yuklash uchun foydalaniladi.
Mobil qurilmalarda internetga ulanish uchun ruxsat etilsa, tizim internet tarmog‘iga ulanib dasturning eng so‘nggi versiyasi haqida ma’lumot oladi: ba’zi xollarda eng yangi versiyani o‘rnatish taklif qilinadi, ba’zida esa avtomatik tarzda eng oxirgi versiya o‘rnatiladi. Yuqorida keltirib o‘tilganlar internet trafikning kamayib qolishida asosiy sabablardan biri hisoblanadi.
Брандмауэр без Root (NoRoot Firewall) dasturi mobil ilovalarning internet tarmog‘iga ulanish jarayonlarini nazorat qilib, internet trafikning sababsiz kamayib qolishini oldini oladi.
Dastur juda oddiy va tushunarli interfeysga ega.
ДОМОЙ – dasturni ishga tushirish (ЗАПУСТИТЬ) yoki uni o‘chirish (ОСТАНОВИТЬ)
ОЖИДАЮЩИЕ ДОСТУПА – internet tarmog‘iga ulanishga harakat qilayotgan dasturlar
ПРОГРАММЫ – barcha dastur va xizmatlar ro‘yxati, ruxsat etish yoki taqiq qo‘yishni boshqarish
ГЛОБАЛЬНЫЕ ПРАВИЛА – har bir dastur uchun yanada aniq va chuqurlashgan sozlashlar (super foydalanuvchilar uchun)
ЖУРНАЛ СОБЫТИЙ – jarayonlar jurnali, log
Фаервол без root-прав dasturi ishga tushirilgandan so‘ng har qanday dastur internetga ulanishga harakat qilishi bilanoq ruxsat etish (разрешить) yoki taqiqlashni (запретить) so‘rab foydalanuvchini ogohlantiradi. Ruxsat etilgan yoki taqiq qo‘yilgan dasturlar ro‘yxatini ПРОГРАММЫ bo‘limidan ko‘rish mumkin. Shunday qilib, har qanday dastur uchun alohida qoidalar majmuyini belgilab berish mumkin.

Bo'lim: Android | Ko'rilgan: 2299 | Joyladi: akmalbayzakov | Reyting: 0.0/0

O'xshash maqolalar

Barcha izohlar: 1
1 Amriddin  
0
Amriddin

Имя *:
Email *:
Код *:

Ushbu sayt ucoz.ru tizimida yaratilgan.