Ba’zida Android operatsion tizimida ishlovchi dasturlar bilan ishlash vaqtida «В приложении сервисы Google Play произошла ошибка» yoki «Google Play xizmatlari dasturida xatolik kuzatildi» degan ma’lumot oynasi paydo bo’lganligiga guvox bo’lganmiz. Bu xolat vaqti-vaqti bilan yoki muntazam ravishda sodir bo'lib, foydalanuvchiga birmuncha noqulayliklar keltirib chiqaradi. Xozir bu xatolikni tez va samarali tuzatishning bir nechta usulini ko’rib chiqamiz.
1. Smartfoningizning sozlamalar qismidan «Программы» (Dasturlar) bo’limiga kiring. U yerdan «Сервисы GooglePlay» (Google Play xizmatlari) xizmatini topib, uning keshini o’chirib tashlang.
2. Odatda yuqorida keltirilganlarni bajarish xatolikning yo’qolishiga sabab bo’ladi. Agarda, xatolik yo’qolmagan bo’lsa, dasturni o’z smartfoningizdan o’chirib tashlab, eng oxirgi versiyani o’rnating.
3. Shuningdek, xatolikni yo’qitish uchun «Google Services Framework» dasturining keshini tozalash ham yordam beradi. Buning uchun «Настройки» (Sozlamalar) — «Программы» (Dasturlar) bo’limini ochib, u yerda «Очистить кеш» buyrug’ini tanlang.
4. Bulardan tashqari, bu xatolik smartfonda noto'g'ri sana va vaqt ko'rsatilganligi sabab Google Market xizmatlarida kuzatilishi mumkin. «Настройки» (Sozlamalar) — «Дата и время» (Sana va vaqt) bo’limi orqali ma’lumotlar aniqligini tekshirib, to’g’ri sana va vaqtni o’rnating.
|