Главная » 2017 » Aprel » 12 » Google Play internet do’konidan yuklab olingan dasturlarni saqlab qo’yish
00:03
Google Play internet do’konidan yuklab olingan dasturlarni saqlab qo’yish

Ma’lumki, Google Play internet do’koni orqali o’rnatilgan dasturlarning asl nusxasi foydalanuvchi uchun taqdim etilmaydi. Ya’ni, o’rnatilgan dastur o’chirib tashlangan taqdirda, uni yana qaytadan Google Play dan yuklab olish zarur.

Ba’zida shunday holatlar bo’ladiki, telefonni standart holatga qaytarish (сброс настроек) zarur bo’lib qoladi. Agar avvaldan o’z dasturlaringizni “backup”, ya’ni, ulardan nusxa olib qo’ygan bo’lsangiz, telefon standart holatga qaytgandan so’ng barcha dasturlarni xech qanday muammosiz o’rnatishingiz mumkin. Agarda bu shartni bajarmagan bo’lsangiz, dasturlarni Google Play dan qayta yuklab olishingizga to’g’ri keladi.

Xozir dasturlarni “backup” qilishning eng oson yo’lini ko’rib chiqamiz. Buning uchun bizlarga eng keng tarqalgan dasturlardan biri “ES Проводник” dasturi kerak bo’ladi. (dasturni ko’chirib olish)

“ES Проводник” dasturini ishga tushiramiz. Dasturga kirib “APPs” (applications – dasturlar) bo’limini tanlaymiz. Bu bo’limga asosiy menyu orqali: “Библиотеки” > “APPs” ko’rinishida ham kirish mumkin.

“APPs” bo’limida foydalanuvchi tomonidan o’rnatilgan barcha dasturlarni ko’rish mumkin. Dasturlar orasidan nusxa olish zarur bo’lgan dasturlarni belgilaymiz va “Резервировать” buyrug’ini tanlaymiz.

Barcha nusxa olingan dasturlar telefon xotirasidagi “backups” papkasi ichida “apps” papkasiga ko’chiriladi.

Yana bir ma’lumot. “ES Проводник” dasturining “APPs” bo’limida dasturlar nomi uch hil rangda belgilangan bo’lishi mumkin: qora, yashil va qizil.

Qora rang – nusxa olinmagan dasturlar;

Yashil rang – nusxa olingan va “backups/apps” papkasida mavjud dasturlar;

Qizil rang – avval nusxa olingan, lekin foydalanuvchi tomonidan “backups/apps” papkasidan o’chirib yuborilgan dasturlar.

Ko’rib turganingizdek, foydalanuvchi o’rnatgan dasturlarni “backup” qilish, ya’ni ulardan nusxa olish qiyin ish emas. Nusxa olingan dasturlarni kompyuter xotirasiga tushirish yoki elektron pochta orqali bemalol yuborish mumkin.

O’ylaymanki, bu maqola Sizga ma’qul keldi. Maqolada xato va kamchiliklar uchratgan bo’lsangiz, izoh qoldirishingiz so’raymiz.

Bo'lim: Android | Ko'rilgan: 1184 | Joyladi: akmalbayzakov | Reyting: 0.0/0

O'xshash maqolalar

Barcha izohlar: 0
Имя *:
Email *:
Код *:

Ushbu sayt ucoz.ru tizimida yaratilgan.