Главная » 2017 » Aprel » 12 » Shanxay Hamkorlik Tashkiloti
23:33
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) — mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti.
2001-yil 15-iyunda Xitoyning Shanxay shaxrida 6 mamlakat — Xitoy, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston davlat rahbarlari  tomonidan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) tuzilishi haqida Deklaratsiya imzolangan.
2002-yilda Sankt-Peterburgda bo’lgan yig’ilishda ikki hujjat — ShHT dekloratsiyasi va ShHT Xartiyasi (ish yuritish nizomi) qabul qilingan.
ShHT Xartiyasiga muvofiq, a’zo davlatlar hamkorlik qilishda quyidagi prinsiplarga amal qilishadi:
— davlatlar suvereniteti, mustaqilligi, hududiy yaxlitligini va davlatlar chegaralarining dahlsizligini o‘zaro hurmat qilish, bostirib kirmaslik, ichki ishlariga aralashmaslik, kuch ishlatmaslik yoki xalqaro munosabatlarda kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaradosh hududlarda bir tomonlama harbiy ustunlik qilishdan voz kechish;
— a’zo davlatlar teng huquqliligi, o‘zaro tushunishga asoslangan holda qarashlar kesishuvchi nuqtalarni izlash, har bir a’zo davlatning fikrlarini hurmat qilish;
— umumiy manfaatlar mavjud yo‘nalishlarda birgalikdagi harakatni bosqichma-bosqich amalga oshirish;
— a’zo davlatlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan qarama-qarshiliklarni tinchlik yo‘li bilan bartaraf etish;
— ShHTni boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlarga qarshi qo‘ymaslik;
— ShHTning maanfatlariga qarshi qaratilgan har qanday noqonuniy harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik;
— ShHT Xartiyasidan, tashkilot doirasida qabul qilingan hujjatlardan kelib chiqadigan majburiyatlarni vijdonan bajarish.
Tashkilot ikkita doimiy amaldagi organga, ya’ni Pekin shahrida ShHT Kotibiyati va Toshkent shahrida ShHT ning Mintaqaviy Aksilterror tuzilmalariga ega.

Bo'lim: Foydali ma'lumotlar | Ko'rilgan: 1477 | Joyladi: akmalbayzakov | Teglar: tashkilot, shht, O'zbekiston | Reyting: 0.0/0

O'xshash maqolalar

Barcha izohlar: 0
Имя *:
Email *:
Код *:

Ushbu sayt ucoz.ru tizimida yaratilgan.