Главная » 2017 » Aprel » 12 » Birlashgan Millatlar Tashkiloti
23:32
Birlashgan Millatlar Tashkiloti

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) — yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni taʼminlash, davlatlarning o‘zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1945 yil 24 oktabrda tashkil topgan. BMT Ustaviga dastlab 51 davlat imzo chekkan va hozirga kunda ularning soni 193 tani tashkil etadi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining bosh qarorgohi Nyu-York shahrida joylashgan.
BMT nizomida ko’rsatilganidek, ushbu tashkilot xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning teng huquqli bo’lishi va o’z taqdirini o’zi belgilashga haqli ekani haqidagi umum e’tirof etilgan qoidalarga qat’iy amal qilib, millatlar o’rtasida do’stlik va hamjihatlik munosabatlarini qaror toptirish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy muammolarni hal etishda xalqlar o’rtasida o’zaro hamkorlikni rivojlantirish zaruratini nazarda tutib, ana shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar harakatini uyg’unlashtirib turadigan markaz hisoblanadi.
BMT Nizomiga binoan tashkilotning 6 ta asosiy bosh organlari belgilangan:
1) Bosh Assambleya;
2) Xavfsizlik Kengashi;
3) Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash (EKOSOS);
4) Vasiylik bo‘yicha Kengash;
5) Xalqaro Sud.
6) Kotibiyat;
Yuqorida keltirilgan bosh organlardan beshtasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi Markaziy qarorgohida, Xalqaro Sud organi esa Niderlandiyaning Gaaga shahrida faoliyat koʻrsatadi.
BMTning rasmiy tillari — ingliz, fransuz, rus, ispan va xitoy tillari hisoblanib, ingliz, fransuz, ispan tillarida ish yuritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi 1992 yil 2 martda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo bo‘ldi. Bu bilan mamlakatimiz xalqaro munosabatlarda siyosatining ochiqligini, xolisligini, barcha davlatlar bilan hamkorlik tarafdori ekanligini e’lon qildi. Shu kundan boshlab BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i bayrog‘i hilpiray boshladi. 1993-yil 24-avgust kuni Toshkent shahrida BMT vakolatxonasi ochildi.
24 oktyabr butun dunyoda BMT kuni sifatida nishonlanadi

Bo'lim: Foydali ma'lumotlar | Ko'rilgan: 1296 | Joyladi: akmalbayzakov | Teglar: BMT, tashkilot, O'zbekiston | Reyting: 0.0/0

O'xshash maqolalar

Barcha izohlar: 0
Имя *:
Email *:
Код *:

Ushbu sayt ucoz.ru tizimida yaratilgan.