Главная » 2017 » Aprel » 12 » Ortiqcha reklama bannerlaridan qutulishning eng oson yo’li
23:57
Ortiqcha reklama bannerlaridan qutulishning eng oson yo’li

Hozirgi davrni internetsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Bizlar kerakli ma’lumotlarni izlash, yangiliklarni o‘qish, musiqa tinglash, ijtimoiy tarmoqlarga kirish va boshqa maqsadlarda doimiy ravishda internetdan foydalanamiz. Foydalanish davomida biron bir sayt manziliga kirishimiz bilan turli xil xizmatlarni yoki biron bir boshqa saytga o’tishimizni taklif qiluvchi, saytdan foydalanishimizga halaqit beruvchi oynalarga, reklama bannerlariga duch kelamiz.

Ochig’ini aytish kerakki, yorituvchi.ucoz.net sayti ham shu kabi yoqimsiz reklama oynalari, bannerlardan xoli emas. Agarda Siz, nafaqat yorituvchi.ucoz.net saytini, balki, barcha saytlardagi “jonga teguvchi” reklamalardan xoli bo’lishini xohlasangiz, u holda quyidagi tavsiyalarni o’qishingizni maslahat beraman!

  • “Adblock Plus”. Deyarli barcha brauzerlarda mavjud kengaytma (расширение). Saytdagi qo’shimcha reklama bannerlarini yuklanishini to’sib qo’yuvchi brauzer kengaytmasi.
  • “Adguard”. Saytni qo’shimcha oynalar, bannerlarsiz yuklanishiga yordam beradi. Bundan tashqari xavfli saytlardan himoya va “antiphishing” funksiyalari ham mavjud.

Yuqorida eng asosiy bo’lgan ikkita kengaytma keltirildi. Bu kengaytmalarni o’rnatish majburiy hisoblanmaydi, brauzerlar ushbu kengaytmalarsiz ham doimgidek ishlayveradi. Bu kengaytmalarni o’rnatish reklama bannerlaridan 100% xalos etmaydi, balki, foydalanish davomida ortiqcha trafik ketishini oldini olib, kompyuterdan xavfsiz foydalanish imkoniyatini yanada oshiradi.

Hozir ushbu kengaytmalardan birini o’rnatish usuliga to’xtalib o’taman. Mening doimiy foydalanadigan brauzerim Mozilla Firefox. Shu sababli aynan shu brauzer orqali kengaytmalarni qanday o’rnatilishini ko’rib chiqamiz.

Brauzerning sayt manzili yoziladigan qatorga “about:addons” yozuvini yozib yoki Ctrl+Shift+A tugmalarini birgalikda bosib “Расширение” bo’limiga o’tamiz.

Hosil bo’lgan oynaning o’ng tomonida qidiruv qatoriga “adblock plus” so’zini yozib, qidiruvni boshlaymiz.

Qidiruv bir nechta shu so’zga mos natijalarni taqdim etadi. Shular orasidan “Adblock plus” kengaytmasini tanlaymiz va “Установить” tugmasini bosamiz. Kengaytma avtomatik ravishda yuklanib, kengaytmalar panelida “Adblock plus” ikonkasi paydo bo’ladi.

Guvohi bo’lganingizdek kengaytmalarni o’rnatish o’ta yuqori bilim talab qilmaydi. Barcha kengaytmalar brauzerlarda huddi shunday o’rnatiladi. Keyingi maqolalarda internetda ishlashda as qotadigan bir nechta brauzer kengaytmalari haqida ma’lumotlar berib o’taman.

Bo'lim: Kompyuterga oid ma'lumotlar | Ko'rilgan: 956 | Joyladi: akmalbayzakov | Teglar: Internet, FireFox, reklama | Reyting: 0.0/0

O'xshash maqolalar

Barcha izohlar: 0
Имя *:
Email *:
Код *:

Ushbu sayt ucoz.ru tizimida yaratilgan.