Главная » 2017 » Aprel » 12 » Aloqa liniyasi sifatini mustaqil ravishda tekshirish
00:18
Aloqa liniyasi sifatini mustaqil ravishda tekshirish

Assalomu alaykum, aziz foydalanuvchi.
Bizlar internetdan deyarli har kuni foydalanamiz. Ba’zida shunday holatlar bo’ladiki, internet bir oz sekinroq yoki belgilangan tezlikda ishlamay qoladi. Albatta, bunga bir necha xolatlarni sabab qilib keltirish mumkin. Men ushbu maqolada aloqa liniyasi sifatini qanday qilib mustaqil ravishda tekshirish mumkinligi haqida ma’lumot berib o’tmoqchiman. Maqola ADSL texnologiyasi orqali internetga ulangan foydalanuvchilar uchun foydali bo’lishiga ishonaman.
Aloqa liniyasining parametrlari quyidagilarga bog’liq bo’lishi mumkin:
   - internetga ulanish;
   - internetdan foydalanish vaqtidagi uzilishlar;
   - internetdan foydalanish tezligi;
Aloqa liniyasi sifatini tekshirish uchun modemning sozlamalar sahifasiga kirish zarur. O’zingiz foydalanadigan brauzerni oching va “192.168.1.1” adresini kiritib, “ENTER” tugmasini bosing. Sizdan foydalanuvchi nomi va parolini kiritish so’raladigan oyna ochiladi. Deyarli ko’pgina modemlarda bu: admin/admin.
Modemning asosiy sahifasiga kirganingizdan so’ng menyudan “Status” (Состояние) – “Device Info” (Информация об устройстве) bo’limiga o’tamiz.
U yerdagi eng muhim parametrlar bu:

  • SNR Margin,
  • Line Attenuation;

SNR Margin - bu parametr signal/shum(xalaqitlar) nisbatini ifodalaydi:
10 dB gacha va undan kichik – aloqa liniyasi juda yomon, liniyada tez-tez uzilishlar kuzatiladi;
11 dB dan 29 dB gacha – liniya xolati yaxshi;
30 dB dan yuqori – a’lo darajadagi liniya.

Line Attenuation – bu parametr aloqa liniyasining so’nish darajasini belgilaydi:
20 dB va undan kichik – a’lo darajadagi liniya;
20 dB dan – 45 dB gacha – o’rta darajadagi liniya;
45 dB va undan yuqori – yomon sifatli liniya, uzilishlar ehtimoli katta.

Bo'lim: Kompyuterga oid ma'lumotlar | Ko'rilgan: 1279 | Joyladi: akmalbayzakov | Teglar: Internet, Modem, aloqa liniya | Reyting: 0.0/0

O'xshash maqolalar

Barcha izohlar: 0
Имя *:
Email *:
Код *:

Ushbu sayt ucoz.ru tizimida yaratilgan.