Главная » 2017 » Aprel » 12 » Svetodiodli lentalar
00:16
Svetodiodli lentalar

   Svetodiodli lenta (tasma) – svetodiodlar asosida yig’ilgan yorug’lik manbai. U yumshoq montaj platasi va bir-biridan o’zaro teng masofalarda o’rnatilgan svetodiodlardan tashkil topgan. Odatda lentaning eni 8-20 mm, qalinligi 2-3 mm ni tashkil qilib, 5 m uzunlikdagi o’ramlarda ishlab chiqariladi. Bundan tashqari uni uncha katta bo’lmagan uzunliklarga bo’lish imkoniyati mavjud. Svetodiodlar orqali o’tayotgan tokni cheklash maqsadida lentaning elektr sxemasida rezistorlar ham o’rnatilgan bo’ladi.


   Bugungi kunda, svetodiodli lentalar ishlab chiqarishda turli tipdagi svetodiodlardan foydalanilmoqda. Ulardan keng tarqalganlari: SMD 2538, SMD 3528, SMD 5050, SMD 5630 svetodiodlaridir. Svetodiodli lentalar bir-biridan tayyorlangan materiali, yorug’lik darajasi, yoritish rangi, rang harorati, svetodiod o’lchamlari va soni kabi ko’rsatkichlar bilan farq qiladi. Quyida ularning ayrim ko’rsatkichlari bilan tanishib chiqamiz.
   Shu o’rinda savol tug’ilishi mumkin. SMD qisqartmasi nimani ifodalaydi? SMD inglizcha “Surface Mounted Device” so’zlarining bosh harflaridan olingan bo’lib, o’zbekchada “yuzaga o’rnatiluvchi qurilma” ma’nosini beradi.
SMD qisqartmasidan keyin keladigan sonlar bu svetodiodning millimetrda berilgan o’lchamlaridir. Masalan, SMD 3028 svetodiodining o’lchami – 3,0 mm x 2,8 mm,  SMD 5050 svetodiodining o’lchami esa – 5,0 mm x 5,0 mm ni tashkil etadi.
Svetodiodli lentalar monoxrom, ya’ni, faqat bir rangda yonuvchi (qizil, ko’k, yashil, sariq, oq) yoki universal (RGB) – mavjud barcha ranglarda yonuvchi turlarga bo’linadi.
Universal yoki RGB svetodiodli lentalar ranglarni almashtirish, kerakli rangni tanlash uchun qo’shimcha boshqaruv pultiga ega bo’ladi.


Svetodiodlar zichligi
Ushbu ko’rsatkich nimani belgilab berishi mumkin deb o’ylashingiz mumkin. Bu bir metr uzunlikdagi lentada o’rnatilgan svetodiodlar sonini belgilab beradi. Aynan shu ko’rsatkich bevosita svetodiodli lentaning quvvati va yoritish darajasiga bog’liq.
Quvvat
Sizga ma’lumki quvvat Vt o’lchov birligida o’lchanadi. Bu ko’rsatkich svetodiod o’lchami va bir metrda o’rnatilgan svetodiodlar soniga bog’liq. Misol uchun, standart xolatda SMD 3528 svetodiodli lentasi 1 metrda 60 dona svetodiodga ega bo’ladi va 4,8 Vt, aynan shu parametrli lenta 1 metrda 120 dona svetodiodga ega bo’lgan turi 9,6 Vt quvvat iste’mol qiladi.


Rang harorati
Bu ko’rsatkich orqali svetodiodning rang tusi belgilanadi. Asosiy rang tuslari: sariq, oq, oq-sariq yoki ko’k.
Himoya darajasi
Bu ko’rsatkich orqali svetodioli lentaning himoyalanish darajasini aniqlab olamiz. Bu IP20, IP65, IP68 kabi belgilar orqali beriladi. Masalan, IP20 turdagi lenta himoyaga ega emas, ya’ni, usti ochiq bo’lgan lentalar turiga mansub. IP60 – suv o’tkazmaydigan, suv tushishidan himoyalangan qobiqqa ega. IP68 – eng yaxshi himoyaga ega bo’lib, undan yong’in va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan xolda har qanday xolatlarda foydalanish mumkin.

Bo'lim: Tehnologiyalar | Ko'rilgan: 1501 | Joyladi: akmalbayzakov | Reyting: 0.0/0

O'xshash maqolalar

Barcha izohlar: 0
Имя *:
Email *:
Код *:

Ushbu sayt ucoz.ru tizimida yaratilgan.