Главная » 2017 » Aprel » 12 » Svetodiodli lampalarni quvvati bo’yicha tanlash
00:09
Svetodiodli lampalarni quvvati bo’yicha tanlash

Assalomu alaykum, hurmatli foydalanuvchi! Elektr energiyasi sarfini kamaytirish, ulardan oqilona foydalanish va uni iqtisod qilish hozirgi kundagi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Sir emaski, oddiy cho’g’lanma va lyuminestsent (люминесцент) lampalar o’rnini asta sekinlik bilan svetodiodli lampalar egallamoqda. Svetodiodli lampalarning boshqa turdagi lampalardan bir qancha ustun jihatlari mavjud. Bularga energiya tejamkorlik, uzoq muddatli ishlash davri va tarkibida zararli moddalarning  yo’qligini (masalan, simob) keltirish mumkin.

Hozirgi kunda do’konlarda turli xil ko’rinish va turlicha parametrga ega svetodiodli lampalar juda ham ko’p. Ba’zida tanlash imkoniyati juda ko’p bo’lsa, qaysi bir mahsulotni tanlashni bilmay qolamiz. Shu o’rinda savol tug’iladi: 100 vatt quvvatga ega oddiy cho’g’lanma lampani qanday quvvatli svetodiodli lampaga almashtirish to’g’ri bo’ladi? Qanday quvvatdagi lampa bitta xona uchun yetarli? Xozir shu haqida biroz ma’lumot berib o’tmoqchiman.

Yorug’lik oqimi

Yorug’lik oqimi – lampaning barcha taraflariga tarqalayotgan yorug’likning miqdori va kuchini belgilovchi kattalik. O’lchov birligi lyumen (lm).

Svetodiodli lampalarning eng katta afzallik jihatlaridan biri elektr energiyasini kam iste’mol qilishiga qaramasdan katta yorug’lik oqimiga egaligidir. Ushbu tipdagi lampalarni xarid qilishda cho’g’lanma lampalar kabi quvvatdan kelib chiqqan xolda xulosa qilish biroz noto’gri. Chunki, quvvat yorug’lik oqimining ko’rsatkichi emas, balki, iste’mol qilinadigan energiya miqdorini xarakterlaydi.

Quyida uch turdagi lampalarning quvvati bo’yicha qanday yo’rug’lik oqimiga ega ekanligi haqida solishtirma jadval keltirilgan.

 

Cho’g’lanma lampa (лампа накаливания)
Quvvat, Vatt 5 15 25 40 60 75 100 150 200
Yorug’lik oqimi, lm 20 120 220 415 710 935 1350 2160 3040

 

Lyuminestsent lampa (люминесцентная лампа)
Quvvat, Vatt 5 7 9 11 15 21 23 26
Yorug’lik oqimi, lm

145-

225

250-

345

320-

600

500-

900

875-

1050

900-

1200

1485-

1500

1450-

1600

 

Svetodiodli lampa (светодиодная лампа)
Quvvat, Vatt 3 5 6 7 10 12 15 20
Yorug’lik oqimi, lm

180-

360

420-

540

540-

620

620-

680

840-

920

950-

1170

1150-

1300

1700-

2200

 

Bu ko’rsatkichlarni umumlashtirgan holda quyidagi jadvalni tuzish mumkin:

 

Cho’g’lanma lampa,

Vatt

Lyuminestsent lampa,

Vatt

Svetodiodli lampa,

Vatt

40 8 5
60 12 7
100 20 12-13
150 30 20

 

Jadvaldan ko’rinib turibdiki, svetodiodli lampalar oddiy cho’g’lanma lampalarga nisbatan 7-8 marta, lyuminestsent lampalarga nisbatan 2 barobar energiya tejamkordir.

Yana shunday vaziyatni ham inobatga olish kerakki, lampaning rang harorati qanchalik yuqori bo’lsa, uning yorug’lik oqimi va yorqinligi shuncha yuqori bo’ladi.

O’ylaymanki, maqola Sizga manzur keldi. Maqolada xato va kamchiliklarni uchratgan bo’lsangiz, izoh qoldirishingizni so’rayman.

Bo'lim: Tehnologiyalar | Ko'rilgan: 1626 | Joyladi: akmalbayzakov | Reyting: 0.0/0

O'xshash maqolalar

Barcha izohlar: 0
Имя *:
Email *:
Код *:

Ushbu sayt ucoz.ru tizimida yaratilgan.