Главная » 2017 » Aprel » 12 » Samsung televizorlaridagi maxsus belgilarni o’qish
23:31
Samsung televizorlaridagi maxsus belgilarni o’qish

Hozirgi kunda Samsung kompaniyasi ko’plab xildagi televizorlarni taqdim etib kelmoqda. 2008 yildan Samsung o’z televizorlarini tavsiflovchi maxsus belgilarda yagona tizimni qo’llay boshladi. Ungacha bo’lgan yillarda bu maxsus belgilar turlicha ko’rinishlarda bo’lgan.

Bu maxsus belgilar odatda “Model code: UE55ES9000AWXUZ” kabi ko’rinishda beriladi. Bu belgilarni televizorning ort tarafi yoki unga tegishli hujjatdan topishingiz mumkin. Bu belgilar televizorning texnik tavsiflari va imkoniyatlarini bilib olishimizda as qotadi.

Birinchi belgi: Ekranni yoritish (подсветка) qanday texnologiya asosida tayyorlanganligi.

  • U – svetodiodli (LED - Light-Emitting diode)
  • K – organik svetodiod (ОLED - Organic Light-Emitting Diode)

Ishlab chiqarish to’xtatilgan:

  • P – plazmali ekran (PDP - Plasma Display Panel)
  • L – fluorescent lampali (CCFL - Cold Cathode Fluorescent Lamp)

Ikkinchi belgi: Qaysi mintaqa uchun tayyorlangan.

  • E – Yevropa;
  • A - Osiyo, Afrika, Avstraliya;
  • N - Koreya, Shimoliy va Janubiy Amerika;
  • S – Eron.

Uchinchi belgi: Ekran o’lchami. O’lcham dyum o’lchov birligida beriladi.

1 dyum = 2.54 sm ga teng.

Ekran o’lchamidan keyingi belgi: Ishlab chiqarilgan yil.

  • А – 2008 yil.
  • В – 2009 yil.
  • С – 2010 yil.
  • D – 2011 yil.
  • E – 2012 yil.
  • F – 2013 yil.
  • H – 2014 yil.
  • J – 2015 yil.
  • K – 2016 yil.

Shu bilan bir qatorda, ba’zida ishlab chiqarilgan yilni bildiruvchi belgi bilan birga “S”, “U” va “H” harflari ham qo’llanilishi mumkin.

  • S – yupqa ko’rinishda
  • H – standart ko’rinishda
  • U – yuqori sifatli 4K UHD

Keyingi belgi: Televizor seriyasi. Odatda raqam ko’rinishida beriladi. Birinchi raqam 4-dan 9-gacha oraliqda bo’ladi. Qanchalik seriya raqami yuqori bo’lsa, narxi ham shunchalik ortib boradi. Ikkinchi va uchinchi raqam juda katta ahamiyatga ega emas. Ularda seriya osti raqami, dizayn va rang haqidagi tavsiflar beriladi. To’rtinchi raqam 2013 yilgacha qanday turdagi tyuner mavjudligi haqidagi ma’lumotni izohlagan:

  • 0 – DVB-T tyuner
  • 7 – DVB-T2 tyuner

2013 yildan keyin to’rtinchi raqam dizayn haqidagi ma’lumotlarni izohlab, hozirda tyuner haqidagi ma’lumotlar quyidagi ko’rinishlarda taqdim qilinmoqda:

  • AW – tyuner DVB-T/C;
  • AB (AU) – tyuner DVB-T2/С /S2; (2014 yildan AU ko’rinishida berilmoqda)
  • АК – tyuner DVB-T2/C;
  • AT – ikkita tyuner 2xDVB-T2/C/ S2;
  • SB – tyuner DVB-T2/С /S2;
  • SS – tyuner DVB-T/C/S2;
  • ST – ikkita tyuner 2xDVB-T2/C/ S2;
  • SL – ikkita tyuner 2xDVB-T/C/ S2;
  • AF - DTV Tuner/Digital Cable Tuner/Analog Tuner;
  • AR - DTV Tuner/Analog Tuner.

Eng so’ngi uchta belgi qaysi davlat uchun ishlab chiqarilganligini bildiradi:

  • XUZ – O’zbekiston
  • XRU – Rossiya;
  • XUA – Ukraina;
  • XCS – Qozog’iston;
  • XZF – Fransiya;
  • XXU – Angliya;
  • XZТ – Italiya;
  • XXC – Ispaniya;
  • XZA – AQSh;
  • XXY – Avstraliya;
  • XMA (XXM) – Malayziya;
  • XZN – Arab davlatlari;
  • XXT – Hindiston, Tailand;
  • XMS – Osiya;
  • XZG – Germaniya, Avstriya и Shveytsariya;
  • XXH – Sharqiy Yevropa.

So’nggi so’z o’rnida shuni ta’kidlab o’tmoqchimanki, bu maqola orqali faqat Samsung televizorlarini sotib olish zarur degan fikrdan yiroqman, balki maxsus  belgilar ostida nimalar berkitilgani haqida ma’lumotlar bilan o’rtoqlashdim xolos. Barcha insonlar o’z didiga va tanlash huquqiga ega.

 

Bo'lim: Tehnologiyalar | Ko'rilgan: 869 | Joyladi: akmalbayzakov | Reyting: 0.0/0

O'xshash maqolalar

Barcha izohlar: 0
Имя *:
Email *:
Код *:

Ushbu sayt ucoz.ru tizimida yaratilgan.