Главная » 2017 » Aprel » 12 » Rang harorati
21:55
Rang harorati

Rang harorati — bu yorug’lik manbaidan tarqalayotgan nurning spektral tarkibini belgilovchi xususiyatdir. Rang haroratining o’lchov birligi K (Kelvin). Kelvin atamasi britaniyalik olim Uilyam Tomson (lord Kelvin 1824-1907, Irlandiya) sharafiga qo’yilgan. U o’zining elektr va issiqlik energiyalari ustidan o’tkazgan tadqiqotlari natijasida shunday shkala tuzganki, uning yordamida rang haroratini o’lchash mumkin. Uning shkalasi bo’yicha yorug’lik manbasining rang harorati (sham, lampa va x.z) «absolyut qora jism»ni qizdirish orqali topiladi.

«Absolyut qora jism» (Абсолютно черное тело) deyilganda, shunday bir jism tushuniladiki, u yorug’lik tarqatishi 0% ga, yorug’lik yutishi 100% ga teng bo’lgan jism xisoblanadi. U oddiy xona haroratida xech qanday yorug’lik tarqatmaydi. Lekin uni qizitishni boshlasak, avval och-qizil, ko’proq qizitsak to’q-sariq, yanada ko’proq qizishi natijasida oq rangga yaqin, keyin xavo rang tuslarga kiradi. Mana shunday xolatda uning temperaturasi Selsiy shkalasi bo’yicha yozib boriladi. Keyin bu natijalar Kelvin shkalasiga aylantiriladi.

Kelvinning termometrik shkalasi bo’yicha absolyut nol -273°C ga teng. Selsiy shkalasini Kelvin shkalasiga o’girish uchun 273°C ni qo’shish kerak. «Absolyut qora jism» 2927°C darajada qizdirilganda, uning rang xarorati 3200K ga mos bo’ladi (2927°C + 273°C = 3200K). Shuni unutmaslik kerakki, rang harorati haqida gap ketayotganda gradus atamasi o’rniga Kelvin (K) atamasi ishlatiladi.

Rang harorati shartli ravishda uch oraliqqa bo’linadi:

Issiq (Теплый). Bu oraliqqa taxminan 1800-3500K orasida bo’lgan rang haroratlari kiradi. Bu oraliqdagi rang harorati ko’p xollarda qizg’ish, sariq tuslarga ega bo’ladi. Yorug’lik manbalariga misol qilib shag’am, cho’g’lanma lampa, galogen lampalarni misol qilib keltirish mumkin.

Neytral oq (Нейтральный белый). Taxminan 4000-4500K orasidagi rang harorati. Buni deyarli barcha lyuminessent lampalardan foydalanish orqali, shuningdek, kechqurun oy paydo bo’lish vaqtlarida kuzatish mumkin.

Sovuq (Холодный). 5000-12000K oraliqdagi rang harorati. Bunda yorug’lik tarkibida ko’k tuslar kuzatiladi. Tabiiy yorug’lik manbai bo’lgan quyoshning rang harorati doimiy ravishda o’zgarib tursada, deyarli mana shu oraliqda bo’ladi. Qo’shimcha ravishda HMI yoki ksenon lampali yoritish uskunalarini ham misol qilib keltirish mumkin.

Bo'lim: Sohaga oid ma'lumotlar | Ko'rilgan: 1386 | Joyladi: akmalbayzakov | Teglar: kelvin, rang harorati | Reyting: 0.0/0

O'xshash maqolalar

Barcha izohlar: 0
Имя *:
Email *:
Код *:

Ushbu sayt ucoz.ru tizimida yaratilgan.