Главная » 2017 » Iyul » 19 » Oleofob qoplama nima?
(олеофобное покрытие)
15:20
Oleofob qoplama nima?
(олеофобное покрытие)

Hozirgi kunda deyarli har bir yangi smartfon tavsifini oq’ish davomida “олеофобное покрытие”, ya’ni “oleofob qoplama” iborasini uchratish mumkin. Bu ibora ekranga nisbatan qo’llanilib, smartfon ekrani oleofob qoplama bilan qoplanganligini bildiradi. Men ushbu maqola orqali oleofob qoplama nima va smartfon ekrani uchun qanday ahamiyatga ega ekanligi haqida ma’lumot berib o’tmoqchiman.

Sir emaski, smartfonlardan muntazam foydalanish natijasida ekranda kir yig’ilish, barmoq izlari, yog’li qatlam hosil bo’lish kabi holatlar kuzatiladi. Shunday holatlarni kamaytirish uchun 2005 yilda uch nemis fiziklari ushbu ixtiroga patent oldilar.

Oleofob” - yunoncha ikki so’zning yig’indisidan iborat: oleo – yo’g, moy, fobos – qo’rquv. So’zlar umumlashtirilsa, oleofob qoplamabu smartfon ekranida barmoq izlari yoki yog’li qatlam hosil bo’lishini kamaytiruvchi maxsus qoplama ekanligini tushunish qiyin emas.

Eng birinchilardan bo’lib Apple kompaniyasi o’zining iPhone 3GS smartfonida oleofob qoplamali displeyni taqdim qildi. Shu tariqa smartfon ekranlarini oleofob qoplama bilan ishlab chiqarish ommalashib, hozirgi kunda deyarli barcha smartfonlar oleofob qoplamali ekranlarga ega.

Shuni ta’kidlash kerakki, oleofob qoplama smartfon ekranini chizilib ketishdan yoki shikastlanishdan himoya qilmaydi. Qoplama faqatgina ekranda kirlanish, barmoq izlari va yog’li qatlam hosil bo’lish jarayonini kamaytirib, ularni osonlik bilan yoq’otish imkonini beradi.

Olefob qoplamasi nanometrli qalinlikdagi qatlam bo’lgani sabab, vaqt o’tishi bilan o’z xususiyatini yo’qotib boradi. Bunga bir nechta xolatlar sabab bo’lishi mumkin: smartfondan ko’p foydalanish, himoya plyonkasini o’rnatmaslik, kiyim cho’ntaklarida olib yurish natijasida mato bilan ishqalanish va boshqalar.

Ekranning oleofob qoplamasi yemirilish holatini kamaytirish uchun mutaxassilar bir nechta maslahatlarni tavsiya qilishadi:
•    xech qachon smartfon ekranini tarkibida spirti bo’lgan suyuqliklar bilan tozalamang;
•    ekranni tozalashda qattiq matolardan foydalanmang;
•    smartfon ekraniga himoya plyonkasini o’rnating;
•    smartfonni quyosh nurlari to’gridan-tog’ri tushuvchi joylarda qoldirmang;
•    smartfon ekranini ishqalanish kabi tashqi mexanik ta’sirlardan asrang.

 

Bo'lim: Qiziqarli | Ko'rilgan: 904 | Joyladi: akmalbayzakov | Reyting: 0.0/0

O'xshash maqolalar

Barcha izohlar: 0
Имя *:
Email *:
Код *:

Ushbu sayt ucoz.ru tizimida yaratilgan.