Главная » 2017 » Aprel » 12 » Konversion filtrlar
21:49
Konversion filtrlar

Kino va telemahsulotlarni tayyorlashda yorug‘lik filtrlaridan juda keng foydalaniladi. Yorug‘lik filtrlari plyonka, shisha va qattiq plastik ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Qo‘llanilish sohasiga ko‘ra esa ular quyidagi guruhlarga bo‘linadi: konversion (kompensatsion), ND (neytral-kulrang), rangli filtrlar.

Zamonaviy yorug‘lik filtrlari ishlab chiqaruvchilar sirasiga Formatt, Lee, Rosco, Strand Lighting, Cris James kabi firmalar kiradi. Ular ayni bir standart ostida yorug‘lik filtrlarini ishlab chiqaradilar.

Konversion (kompensatsion) filtrlar. Bu turdagi filtrlar yorug‘likning spektral tuzilishini o‘zgartiradi, ya’ni rang xaroratiga ta’sir etadi.

Ko‘p xollarda pavilonlarda, xona ichida yoki tabiiy muhitda tasvirga tushirish jarayonlarida rang xarorati bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishda foydalaniladi. Ushbu filtrlar yordamida bir qiymatdagi rang xaroratiga erishiladi.

Konversion filtrlarning rang xaroratiga ta’sir etuvchi ikkita asosiy xili mavjud:

  • ko‘k (CTB — Color Temperature Blue)
  • to‘q sariq (CTO – Color Temperature Orang).

Ko‘k konversion filtrlar (CTB) to‘q sariq filtrlarga nisbatan yorug‘lik spektridagi qisqa to‘lqinlarni yaxshiroq o‘tkazadi va shuning uchun yorug‘lik tarkibidagi ko‘k rang miqdori ko‘payadi, natijada rang xaroratining oshishiga erishiladi.

Rang xaroratini tushirish uchun CTO konversion filtrlaridan foydalaniladi, bu filtrlar yorug‘lik tarkibidagi to‘qsariq-qizil diapazondagi to‘lqinlarni yaxshi o‘tkazadi.

Endi ish jarayonida eng ko‘p foydalaniladigan ayrim konversion filtrlar haqida so’z yuritamiz.

Filtr №201
201 FULL CT BLUE
Issiq rang haroratini sovuq rang haroratiga o‘zgartirish uchun xizmat qiladi. Odatda turli xil rang haroratiga ega manbalarning rang haroratini birlashtirish zarur bo‘lgan xollarda foydalaniladi.
Rang haroratining o‘zgarish darajasi: 3200K — 5700K

Filtr №204
204 FULL CT ORANGE
Avvalgi filtr kabi vazifani bajaradi, faqat sovuq haroratli yoritish manbasiga o‘rnatiladi.
Rang haroratining o‘zgarish darajasi: 6500K — 3200K

Filtr №247
247 GREEN MINUS
Agar tasvirga olish jarayonida lyuminessent lampalardan to‘ldiruvchi yorug’lik sifatida foydalanilayotgan bo‘lsa, ushbu filtrni o‘rnatish orqali lyuminessent lampaning xarakterli yashil tusiga (зеленый оттенок) barxam berish mumkin.

Filtr №244
244 GREEN PLUS
Filtr №247 kabi yuqoridagi xolatning aksi bo‘lgan vaziyatlarda, ya’ni, asosiy yoritish uskunalarini lyuminessent lampalar tashkil qilib, bir dona galogen lampali yoritish uskunasidan foydalanish to’g’ri kelgan xolatlarda. Bunda galogen lampali yoritish manbasiga ushbu filtr o‘rnatiladi. Shu orqali olingan tasvirga lyuminessent lampa xarakterini berish mumkin.

Filtr 218
218 EIGHTH CT BLUE
Sovuq haroratli konversion filtr bo‘lib, rang haroratini uncha katta bo‘lmagan diapazonda – 200K orasida o‘zgarishiga yordam beradi: 3200K — 3400K.

Bo'lim: Sohaga oid ma'lumotlar | Ko'rilgan: 1068 | Joyladi: akmalbayzakov | Teglar: yorug'lik filtrlari | Reyting: 0.0/0

O'xshash maqolalar

Barcha izohlar: 0
Имя *:
Email *:
Код *:

Ushbu sayt ucoz.ru tizimida yaratilgan.