Главная » Fizika
« 1 2 3 4 »

Elektr zanjirga ulanadigan asboblarni bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda ulash va uzish zarur bo’lgan hollarda ketma-ket ulash yaramaydi. Masalan, ketma-ket ulash uydagi xonalarni yoritish uchun yaroqsizdir. Chunki bir vaqtda hamma xonalardagi lampalarni yoqish shart emas. Biz bittasini o’chirganimizda ketma-ket ulangan boshqalarini ham o’chirib qo’yamiz.

Категория: Fizika | Просмотров: 30907 | Добавил: akmalbayzakov | Дата: 13.04.2017 | Комментарии (3)

Eng oddiy elektr zanjir ham bir necha asbob va qurilmalardan iborat bo’ladi. Quyida tok manbai, kalit, ampermetr, lampa va reostatdan iborat bo’lgan elektr zanjir tasvirlangan. Manbadan chiqqan elektr toki kalit, ampermetr, lampa va reostat orqali о'tadi. Asboblarning bunday ulanishi ketma-ket ulash deyiladi.

Категория: Fizika | Просмотров: 30368 | Добавил: akmalbayzakov | Дата: 13.04.2017 | Комментарии (4)


Shu vaqtgacha biz elektr tokini elektr maydon ta’sirida elektr zaryadlarning tartibli harakati tarzida qaradik. Lekin biz hozircha qaysi zaryadlar (musbat yoki manfiy) harakatlanishi va qanday harakatlanishini aniqlaganimiz yo’q. Endi ana shu savollarga ham javob topish vaqti keldi. Buning uchun avval metall o’tkazgichlarning ichki tuzilishini bilib olish zarur.

Категория: Fizika | Просмотров: 9938 | Добавил: akmalbayzakov | Дата: 13.04.2017 | Комментарии (0)

1. Elektr toki nima? Katta sharlar kiydirilgan ikkita elektrometr olamiz. Chap tomondagi sharni elektrlangan tayoqcha yordamida elektrlaymiz. Elektrometr sharning elektrlanganini ko’rsatadi. O’rtasiga neon lampacha ulangan o’tkazgichning izolyatsiyalangan tutqichidan ushlab, elektrlangan sharni elektrlanmagan shar bilan tutashtiramiz. Lampacha bir zum yonib-o’chadi.

Категория: Fizika | Просмотров: 9066 | Добавил: akmalbayzakov | Дата: 13.04.2017 | Комментарии (0)

Siz bir xil ishorali zaryad bilan elektrlangan jismlar bir-birini itarishini, turli ishorali zaryad bilan elektrlangan jismlar esa bir-birini tortishini bilasiz. Ammo zaryadlangan bir jismning ta’siri boshqa jismga qanday uzatiladi? Bu savolga javob berish uchun elektrlangan jismlarning atrofida ularning o’zaro ta’sirini ta’minlovchi biror narsa bor deb faraz qilamiz. Bu “biror narsa”ni nomlash uchun ingliz fizigi Maykl Faradey elektr maydon atamasini kiritdi.

Категория: Fizika | Просмотров: 2776 | Добавил: akmalbayzakov | Дата: 13.04.2017 | Комментарии (0)

Sizni turli manbalardan chiqadigan tovushlarning bir-biridan farq qilishiga ishontirishga urinib o’tirishimizning hojati yo’q. Masalan, rubob (yoki torli boshqa musiqa asbobi)ning har bir toridan chiqadigan tovush boshqa torlarning tovushidan farq qiladi. Hatto turli ruboblardagi bir xil torlarning beradigan tovushlari ham bir-biridan biroz bo’lsa ham farq qiladi.

Категория: Fizika | Просмотров: 5691 | Добавил: akmalbayzakov | Дата: 13.04.2017 | Комментарии (0)

Ushbu sayt ucoz.ru tizimida yaratilgan.