Главная » 2017 » Avgust » 24 » ARRI L5
17:43
ARRI L5

ARRI L5 – 115Vatt quvvatga ega, frenel linzali svetodiodli yoritish uskunasi. Yorug’lik kuchi, rang harorati va spektrning yashil qismini sozlash imkonini beradi.

L5 yoritish uskunasi Arrining L-seriyasiga tegishli bo’lib, uch xil modifikatsiyada ishlab chiqariladi: Arri L5 TT (Tungsten Tunable), Arri L5 DT (Daylight Tunable), Arri L5 C (Color Controllable).

Ixcham va qulay, o’zgaruvchan elektr manbai yoki akkumulyatorda ishlatish imkoniyati mavjudligi sabab reportaj va xona ichidagi tasvirga tushirish jarqayonlarida foydalanish samarali hisoblanadi.

ARRI L5 yorug’lik xususiyati bo’yicha 300 Vatt frenel linzali yoritish uskunasiga nisbatan 45% yorqinroq bo’lib, energiya is’temoli bo’yicha ancha tejamkordir. 90° burchak ostida vertikal o’rnatish imkoniyati bo’lib va davriy ravishda lampa almashtirishga ehtiyoj bo’lmaydi.

ARRI L5 yoritish uskunalari an'anaviy kumush-ko'k ranglarda taqdim etiladi.

Texnik xususiyatlari:
Ishlab chiqaruvchi: Arri
Yoritish uskunasi turi: yo'naltirilgan
Yorug’lik manbasi: LED
Lampaning ish davri (soat): 50000
Yorug’lik tarqalish burchagi: 14° - 50°
Rang harorati:     L5 TT2600K-3600K
                             L5 DT5000K-6500K
                             L5 C2800K-10000K
Rang tiniqligi (CRI): 94
Yorug’lik kuchini boshqarish: 0-100%
Boshqaruv tizimi: analog / DMX protokoli orqali boshqaruv, mini-USB
Iste’mol manbasi: o’zgaruvchan 90-250V, 50-60Ghz, o’zgarmas 22-36V
Umumiy quvvati: 115W
Ishlash harorati: 20° - 45° C
Og'irligi (kg): 5.1
O’lchamlari (mm): 321 x 278 x 280
Qo’shimcha funksiyalar: spektr RGB; +/- yashil tus

Bo'lim: Sohaga oid ma'lumotlar | Ko'rilgan: 867 | Joyladi: akmalbayzakov | Reyting: 0.0/0

O'xshash maqolalar

Barcha izohlar: 0
Имя *:
Email *:
Код *:

Ushbu sayt ucoz.ru tizimida yaratilgan.