Главная » 2017 » Aprel » 18 » Akselerometr nima?
18:16
Akselerometr nima?

Sir emaski, zamonaviy smartfon va planshetlar uchun chiqarilayotgan dasturlar kompyuter dasturlari bilan raqobatda ortda qolayotgani yo’q. Ularning keng funksional imkoniyatlari dasturlardan qulay va tez foydalanish imkonini bermoqda. Ayrim dastur yoki o’yinlar uchun mobil qurilmaning fazoviy o’rnini o’lchovchi datchik akselerometr talab qilinadi.
Bugungi kunda akselerometr smartfon va planshetlarning ajralmas qismiga aylanishga ulgurdi. U birinchi bo’lib Nokia 5500 mobil qurilmasida o’rnatilgan va undan qadam o’lchagich (шагомер) sifatida foydalanish mumkin bo’lgan. Lekin, bu funksiya Apple iPhone telefonlari chiqqandan so’ngina ommalashdi.
Akselerometr mobil qurilmalardan foydalanishni sezilarli darajada osonlashtiradi. Uning yordamida foydalanuvchi qurilmani tekislikka nisbatan muayyan holatda harakatlantirishi orqali o’yin jarayoniga ta’sir eta oladi. Misol uchun, akselerometr yordamida poyga mashinasini smartfon yoki planshetni shunchaki o'ngga yoki chapga burish orqali boshqarish mumkin.
Akselerometr bu – ob’ektning fazoviy yo’nalishdagi tezlanishini o’lchovchi qurilma.
Akselerometrning qo’llanilish sohalari juda keng. Undan nafaqat mobil qurilma yoki planshetlarda, balki, noutbuk, video yozib olish (видеорегистратор), avtomobil va samolyotsozlik sohalarida ham keng foydalaniladi.
Mobil qurilmalarda akselerometrni "Настройки" bo’limidan "Автоповорот" funksiyasini o’chirib-yoqish orqali boshqarish mumkin.

Bo'lim: Qiziqarli | Ko'rilgan: 1112 | Joyladi: akmalbayzakov | Teglar: smartfon | Reyting: 0.0/0

O'xshash maqolalar

Barcha izohlar: 0
Имя *:
Email *:
Код *:

Ushbu sayt ucoz.ru tizimida yaratilgan.