Главная » 2017 » Avgust » 3 » A-GPS nima? GPS bilan farqi qanday?
13:00
A-GPS nima? GPS bilan farqi qanday?

Bugungi kunda deyarli barcha smartfon va planshetlar GPS tizimi bilan ta’minlangan. Bilamizki, GPS bu –qurilmaning joylashuv o’rnini aniqlash uchun xizmat qiladigan tizim hisoblanadi. Ba’zida smartfon tavsiflarini o’qish davomida qurilma A-GPS texnologiyasini qo’llab quvvatlashini bildiruvchi yozuvga ahamiyat bergan bo’lishimiz mumkin. Xo’sh, A-GPS o’zi nima? Uning GPS dan qanday farqi va afzalliklari bor?
GPS – inglizcha Global Positioning System so’zlarining bosh harflari yig’indisi bo’lib, sun'iy yo'ldosh navigatsiya tizimi hisoblanadi.
A-GPS – inglizcha Assisted GPS - GPSga yordamchi va uni to’ldiruvchi maxsus texnologiyadir.

Uzoq muddat foydalanilmay GPS xizmati ishga tushirilsa, qurilma sun'iy yo'ldosh bilan tezlik bilan bog’lana olmay, ma’lumot almashish vaqti bir necha daqiqalarga cho’zilib ketadi. Bunday holatga asosiy sabab GPS qurilma sun’iy yo’ldoshning joylashgan o’rni haqida ma’lumot ega bo’lmay, uni qidirishga ancha ko’p vaqt sarflab yuborishidir.
A-GPS ushbu muammoni bartaraf etishda xizmat qiladi. A-GPS texnologiyasi qurilmada GPS xizmati ishga tushirilishi bilan darhol kerakli ma’lumotlarning bir qismini GPRS / 3G tarmog'i orqali oladi. Bunday ma’lumot almashinuvi hajmi juda kichik bo’lib, bir necha kB ni tashkil etishi mumkin. Shunday qilib, A-GPS texnologiyasi GPS qurilmalar uchun yordamchi vazifasini bajarib, sun'iy yo'ldosh bilan bog’lanish vaqtini sezilarli darajada tezlashtiradi. Bundan tashqari, sun'iy yo'ldoshlardan kelayotgan signallar zaif bo’lgan vaqtlarda joylashuv o’rni aniqligini oshirish imkonini beradi.

Yuqorida keltirilgan afzalliklar bir qatorda A-GPSning bir kichik kamchiligi ham bor. GPS dan foydalanish mutlaqo bepul foydalanish mumkin bo’lsa, A-GPS uchun mobil aloqa provayderi tomonidan belgilangan tarif bo’yicha xaq to’lash zarur.

 

Bo'lim: Qiziqarli | Ko'rilgan: 3063 | Joyladi: akmalbayzakov | Reyting: 0.0/0

O'xshash maqolalar

Barcha izohlar: 0
Имя *:
Email *:
Код *:

Ushbu sayt ucoz.ru tizimida yaratilgan.